Pora olayotgan tibbiyot xodimlari ushlandi
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimiini tubdan isloh qilish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sohadagi illatlarga barham berish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani qaramasdan tibbiyot xodimlari orasida o‘z nafsi yo‘lida qing‘irlikdan qaytmaydigan nopok shaxslar ham uchrayotani achinarlidir.
Namanganda fuqaroni hamshiralikka ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan hamshira va uning jinoiy sherigi – viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli muassasa mudiri o‘rinbosari ta’magirlik ustida ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat perinatal markazi (markaziy tug‘ruqxona) hamshirasi M. S. fuqaro F. ni sog‘liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali viloyat kardiologiya shifoxonasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi. Uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli “Maxsus zaxira bazasi” bo‘limi mudiri o‘rinbosari A.A. hamshira M.S.dan kelishilgan shu pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasining O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA