Popda paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallada
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Pop tumani paxtazorlarida bo‘lib, “Yakkatut” MMTP hududidagi “Shuhrat Umid servis”, “Erkin emin”, “Botir Nodir” fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida terim jarayonlarining borishi bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida viloyat rahbari «Chig‘anoq hosili» fermer xo‘jaligida jarayonni ko‘zdan kechirib, terimni sifatli tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Hosili yig‘ib bo‘lingan maydonlarda g‘o‘za qator oraliqlariga maxsus otryadlar orqali boshoqli don ekish ishlari olib borilayotgani ko‘rildi.
[gallery-19301]
Ta’kidlash kerak, joriy yilda tumanda 9915 gektar yer maydonida g‘o‘za parvarishlandi. Yalpi hosildorlik 35810 tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
Navbatdagi manzil Nayman MMTP hududidagi “Shoira Dilshoda” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Mirishkorlar joriy mavsumda 26 gektar maydonda paxta yetishtirdi. Ayni vaqtda paxta terimi qizg‘in davom etmoqda. Kuniga yuzga yaqin terimchi hasharda qatnashmoqda.
Viloyat rahbari terimchilar bilan suhbatlashib, ilg‘orlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA