Popda maqom sadolari yangradi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumani Yoshlar bog‘ida o‘tkazilgan “Mumtoz navolar” kechasi milliy musiqa san’atining nafosati va ma’naviy qudratini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga qaratilgan islohotlar va yurtboshimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritdi.
[gallery-29897]
Kecha davomida maqomchilar va madaniyat sohasi vakillari ijrosidagi diltortar kuy-qo‘shiqlar, yuraklarga yetib borgan navolar tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Maqom – bu musiqa emas, millat ruhi. Pop osmoni ostida yangragan har bir navo ana shu ruhning jonli ifodasi bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA