Polshada mahalliy saylovlar boʻlib oʻtdi
Polshada mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichi yakunlandi.
Polshada mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Saylovda konservatorlar hamda muxolifatchi liberal partiyasi vakillari ishtirok etgan. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.
Saylov jarayonlarining birinchi bosqichida “Huquq va adolat” shiori ostidagi konservatorlar muvaffaqiyat qozongan edi. Biroq ikkinchi bosqichdan soʻng ushbu partiya mamlakatning yirik shaharlarida va Gʻarbiy tumanlarida gʻolib sifatidagi mavqeini boy bergan. Birgina misol. Endilikda Varshavaning yangi saylangan meri ham liberal siyosiy partiyasi vakili hisoblanadi.
Ushbu muhim siyosiy voqelik kelgusi yili Polshada oʻtkaziladigan parlament va 2020 yilgi prezident saylovlari oldidan oʻziga xos tayyorgarlik sifatida baholanmoqda.