Polsha Yevropa Ittifoqidan 2,2 milliard yevro so‘radi
Polsha YeIdan ukrainalik qochqinlarning yashash va saqlash xarajatlarini qoplash uchun 2,2 milliard yevro so‘radi.
Bu haqda Polsha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Blajey Poboji “TVP Info” telekanaliga ma’lum qildi.
— Yevropa Ittifoqi qochqinlarni moliyalashtirishda Polshaga yordam berishni kechiktirmasligi kerak, — dedi Blajey Poboji.
Departament vakili Polshadagi ukrainaliklarga mamlakat sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimlaridan foydalanishda yordam berish hamda mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish uchun milliy “PESEL” identifikatsiya raqamlari berilganini ta’kidladi.
— “PESEL” xizmatlari yarim millionga yaqin qochqinlarga taqdim etilgan, ularning 96 foizi ayol va bolalardir, — dedi Poboji.
Hozirda Polshada 2,4 million ukrainalik qochqin bor.
Ulug‘bek Mahmirzayev