Polsha Litvaga 50 nafar politsiyachini yubordi
Polsha Litvaga 50 nafar politsiyachini yubordi, ular litvalik hamkasblariga Belarusdan keluvchi muhojirlar oqimini tutib turishda ko‘maklashadi. Polsha ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy “Polskie Radio«ga bergan intervyusida:
«Keyingi haftalarda Litva chegarasi, ya’ni Yevropaning chegarasida – migratsiya bosimi kuzatiladi. Bizning chegaramizda ham shunga o‘xshash vaziyat. Biz Litvani qo‘llab-quvvatlaymiz va bunga burchlimiz. Ular bizdan shuni so‘ramoqda, biz ko‘mak qo‘lini cho‘zamiz», dedi vazir. Kaminskiyning aytishicha, polshalik huquq himoyachilari Litvada bir oy davomida bo‘ladi, keyin vaziyat taqozosiga muvofiq ortga qaytadi.
Marhabo Madaminova, O‘zA