Polina Kudermetova Portugaliya turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda
Portugaliyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan nufuzli musobaqada hamyurtimiz Polina Kudermetova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, WTA125 tasnifiga kiruvchi “Oeiras CETO Open” musobaqasida hamyurtimiz Polina Kudermetova chorak finalda italiyalik Luchiya Bronsettiga qarshi o‘tgan o‘yinda 7:6, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Endi mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi turnirning final ostonasida amerikalik Uitni Osuigve bilan kuch sinashadi.
Uitni ushbu musobaqaning juftlik bahslarida Polina bilan birgalikda ishtirok etgan edi. Ushbu juftlik ilk davrada chorak finalda portugaliyalik Matilda Xorxe va belgiyalik Sofiya Kostulas duetiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA