Polina Kudermetova «Chennai Open» turnirining ikkinçi bosqiçida kortga çiqadi
Hindistonning Çennay şahrida tennis böyiça WTA 250 turkumiga kiruvçi «Chennai Open» xalqaro turniri davom etmoqda.
Musobaqaning birinçi davrasida Özbekiston vakili Polina Kudermetova slovakiyalik Viktoriya Morvayovani 6:3, 4:6, 6:1 hisobida mağlub etib, keyingi bosqiçga yöl oldi. Qayd etiş joiz, Morvayova saralaş bahslarida mağlub bölganiga qaramay, «omadli mağlub» maqomi bilan asosiy turnirga qöşilgan edi.
Endi hamyurtimiz nimçorak finalda ispaniyalik Oksana Selexmetevaga qarşi bahs olib boradi. Uşbu tennisçi birinçi davrada serbiyalik Teodora Kostoviçni 6:4, 6:3 hisobida mağlub etgan. Taʼkidlaş joiz, musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 283 ming 347 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA.