Pokiston ilk bor AQSHdan neft sotib ola boshladi
Pokiston Vashington bilan kelishuv imzolab, tarixda birinchi marta AQSH neftini import qilmoqda, deya xabar tarqatdi “Reyter” agentligi “Cnergyico” neftni qayta ishlash kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Usama Qurayshiyga tayanib.
Prezident Donald Tramp chorshanba kuni ushbu Islom Respublikasi bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Endi Amerika kompaniyalari Pokistonda neft qazib olish bilan shug‘ullanadi.
- Bu AQSH “Vitol” energetika konserni bilan erishilgan uzoq muddatli kelishuv doirasidagi dastlabki xarid, - dedi Qurayshiy. - Agar bu amaliyot tijoriy nuqtai-nazardan ma’qul kelsa, jarayon muntazam tus oladi. Hozir bir million barrel yengil WTI xom nefti sotib olindi. Mahsulot oktyabr oyi ikkinchi yarmida Karachi shahriga yetkaziladi.
S.Rahimov, O‘zA