Pentagon 2026 moliya yili byudjetini e’lon qildi
2026 moliya yili uchun mudofaa byudjeti loyihasida Harbiy dengiz kuchlarining 287 jangovar kemasini saqlash va yana 19 ta yangi kema yasash xarajati ko‘zda tutilgan, deya bayonot berdi Pentagon.
AQSH harbiy departamenti yuqori martabali vakili flotni kengaytirish qarorini sharhlarkan, so‘ralayotgan byudjet 11 milliard dollarlik ikkita Virjiniya rusumli va bitta "Kolumbiya" suv osti kemalari sotib olish nazarda tutilayotganini ta’kidlagan. Shuningdek yadro floti qurish uchun kemasozlik zavodlari ishlab chiqarish quvvatini oshirishga 2,5 milliard dollar ajratiladi.
S.Rahimov, O‘zA