Pekin-2022ning medallari namoyish etildi
Kelgusi yil Xitoy poytaxtida qishki olimpiya va paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.
Qishki olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari, paralimpiya o‘yinlari esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘yinlarning boshlanishiga 100 kun qolganligi munosabati bilan qishki olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi Pekin-2022ning medallari taqdimotini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Xitoyning internet nashrlari.

Qishki olimpiya va paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga taqdim etiladigan medallar dizayni Xitoy madaniyatinigina aks ettirib qolmasdan, innovatsion g‘oyalarni ham o‘zida jo etgani bilan yorqinroq ko‘rinish olgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA