Pekin-2022: Bugun 6 ta yo‘nalishda bahslar davom etmoqda
XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari kutilgan va kutilmagan yangiliklari bilan davom etmoqda.
Kecha eng ko‘p medallar jamlanmasi uchun bahslar bo‘lib o‘tgan kun sifatida tarixdan joy oldi. Kun davomidagi musobaqalarda jamg‘arilgan sovrinli o‘rinlar holati bo‘yicha Shvetsiya olimpiyachilari yetakchilik qilayotgan edi.
Ammo bugun, 9 fevralning ilk musobaqasida norvegiyalik fristaylchi Birk Ruud big-eyr yo‘nalishida eng yaxshi natija bilan Olimpiya o‘yinlarining 5 kunning ilk chempioniga aylandi. Bu esa Norvegiya terma jamoasini medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida yana peshqadamga aylantirdi – 4 ta oltin, 1 ta kumush hamda 4 ta bronza. Shvetsiya esa kechagi holat bilan 2-o‘ringa tushdi. 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza.
Uchinchi o‘rinda uchtadan oltin va kumush va 1 ta bronzaga ega niderlandiyaliklar bormoqda. Keyingi pog‘onalarda esa Xitoy, Germaniya va Italiya jamoalari qayd etilgan.
Bugun, 9 fevral oq Olimpiada ishtirokchilari 6 ta yo‘nalishdagi medallar jamlanmasi uchun bellashuvlarda ishtirok etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevralga qadar o‘tadigan qishki Olimpiya bahslarida 91 davlatning eng sara sportchilari 7 ta sport turining 15 ta yo‘nalishida 109 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishmoqda. 20 fevral kuni o‘yinlarning tatanali yopilish marosimi tashkil etiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA