Partiya taşabbusi bilan bepul tibbiy körik ötkazildi
Aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va kasalliklarning oldini oliş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yönalişlaridan biridir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan inson qadri, aholi salomatligi va turmuş farovonligini taʼminlaşga qaratilgan islohotlarda tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlaştiriş, profilaktik köriklar qamrovini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari tomonidan ilgari surilayotgan taşabbuslar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oşirilayotgan “Salomatlik sari” loyihasi aholi örtasida tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda kasalliklarning barvaqt oldini olişga xizmat qilmoqda.
Loyiha doirasida Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanidagi “Javgari” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan 31-sonli oilaviy poliklinikada aholi uçun bepul tibbiy körik taşkil etildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengaşining 38-“Sarmijon” saylov okrugidan saylangan deputati Bobomurod Oçilov hamda O‘zLiDeP viloyat Kengaşi “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan “Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya jamoat fondi hamkorligida ötkazilgan tadbirda, ayniqsa, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oşiriş, ular orasida kasalliklarning oldini oliş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga eʼtibor qaratildi.

Tibbiy körik davomida mahalladagi 36 ta oiladan 174 nafar fuqaro terapevt, pediatr, ginekolog va nevropatolog kabi mutaxassislar qabulida böldi. Şuningdek, UZI tekşiruvlari ötkazilib, murojaatçilarning salomatligi baholandi. Mutaxassislar tomonidan kasalliklarning oldini oliş, soğlom ovqatlaniş va kundalik hayotda salomatlikni asraş böyiça zarur tavsiyalar berildi, tegişli tibbiy muolajalar amalga oşirildi.
Tadbir doirasida aholiga yetti turdagi dori-darmon vositalari, siroplar, yoşga mos közoynaklar hamda tibbiy-maʼrifiy bukletlar tarqatildi.
Eʼtiborlisi, bunday tadbirlarning ahamiyati faqat bir martalik tibbiy körik bilan çeklanmaydi. Avvalo, ular aholining tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatini kengaytiradi, insonlarni öz salomatligiga befarq bölmaslikka undaydi. Ayniqsa, mutaxassislar körigidan ötiş, kasalliklarni dastlabki bosqiçda aniqlaş va öz vaqtida davolaniş böyiça tavsiyalar oliş aholi salomatligini asraşda muhim omildir.

Zero, soğlom jamiyatni şakllantiriş, avvalo, har bir insonning salomatligiga bölgan eʼtiboridan boşlanadi. Şu maʼnoda, O‘zLiDeP taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Salomatlik sari” loyihasi aholi bilan bevosita muloqot qiliş, ularning ehtiyojlarini örganiş va joylarda aniq amaliy yordam körsatişning samarali namunasi bölib xizmat qilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri