“Parlament” – viloyat bosqichi g‘olibi
“Siz qonunni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan iborat 13 jamoa ishtirok etdi.
“Siz qonunni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridan iborat 13 jamoa ishtirok etdi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, adliya va ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning huquqiy bilimi va madaniyatini yuksaltirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, iqtidorli yigit-qizlarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Ishtirokchilar savol-javoblar orqali mamlakatimiz qonunchiligi borasidagi bilimi, jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy roliklarini namoyish etdi. Jamoalarning hayotimizda uchraydigan ayrim ijtimoiy-huquqiy muammolarni sahna ko‘rinishi orqali o‘ziga xos talqin etishi, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun yuzasidan bilimlari baholandi.
Buxoro iqtisodiyot va bank kollejining “Parlament” jamoasi g‘olib deb topildi hamda tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
– Milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun barcha qonuniy asoslar yaratilgan, – deydi Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji o‘qituvchisi Akmal Davlatov. – Inson va uning manfaatlariga xizmat qiluvchi islohotlarning izchil amalga oshirilishi mutaxassis-kadrlarning huquqiy bilimi va madaniyatiga ham bevosita bog‘liq. Shu bois, bizning o‘quv dargohimizda ta’lim jarayonida bu masalaga alohida e’tibor qaratilayotir. Buni kollejimiz o‘quvchilari mazkur tanlovning mamlakat bosqichida bir necha bor sovrindor bo‘lgani ham isbotlaydi.