Pardayev Bahrom Choriyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining samaradorligini oshirish uchun qoziqli barabanini takomillashtirish” mavzusida
Pardayev Bahrom Choriyevichning05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining samaradorligini oshirish uchun qoziqli barabanini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 28-dekabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy.
Tel.:(+99871) 207-04-03; faks: (+99871) 256-04-21
e-mail: info@paxtasanoatilm.uz