Paragvayda 57 tonna marixuana musodara qilindi
Paragvay huquq-tartibot idoralari juda ko‘p miqdordagi marixuanani musodara qildi. Bu haqdagi bayonotni mamlakat Prezidenti Santyago Penyaning o‘zi e’lon qildi.
– Biz “Marangatu” amaliyotini o‘tkazib, uyushgan jinoyatchilikka jiddiy zarba bera oldik, – deb yozdi mamlakat rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. –Braziliyaga jo‘natish uchun tayyorlangan 57 tonna siqilgan marixuana musodara qilindi.
Prezident jinoiy guruh ko‘rgan zarar 22 million dollarni tashkil etganiga ham e’tibor qaratgan.