Paradzyudo: Hamyurtimiz Jahon kubogi gʻolibi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Gruziya davlati poytaxtida paradzyudo boʻyicha Jahon kubogi bahslari oʻtkazilmoqda.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Gruziya davlati poytaxtida paradzyudo boʻyicha Jahon kubogi bahslari oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston paradzyudo terma jamoasi aʼzolari ham ushbu nufuzli musobaqada munosib ishtirok etishmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Jahon kubogining -66 kg vazndagi hamyurtimiz Uchqun Quranboyev oltin medalni qoʻlga kiritgan holda chempionlikni tantana qildi.
Musobaqada -66 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan boshqa bir paradzyudochimiz Oʻtkir Nigmatov esa bronza, -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sherzod Namozovga esa kumush medallari nasib etdi.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz Feruz Saidov ham musobaqani kuchli uchlikda yakunladi va delegatsiyamiz hisobiga yana bir bronza medalni yozdirib qoʻydi.