Para pauerliftingchilarimizga teng keladigani topilmadi
Tailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazildi va unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli qatnashdi.
Musobaqada Nuriddin Davlatov, Azizbek Turg‘unov hamda Qudratoy Toshpo‘latovadan iborat jamoamiz 314,70 ochko jamg‘argan holda aralash jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi. Terma jamoamizdan so‘ng kuchli uchlikni Janubiy Koreya va Tailand termalari yakunlab berdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Tailanddagi jahon kubogini 6 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza, jami 11 ta medal bilan yakunladi va "Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolariga ega bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA