Para kamonchilar “Qo‘mondon kubogi”da qatnashmoqda
Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida para kamondan otish bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni kubogi musobaqasi boshlandi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi bosh kotibi Orxan Kopadze va boshqalar mazkur bahslar iqtidorli sportchilarni saralash vazifasini o‘tashini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 50 nafardan ortiq sportchilari qatnashayotgan “Qo‘mondon kubogi”da sportchilar kvalifikatsion, yakkalik va mix dasturlarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA