Ozoda Sobirjonova kumush medalga ega chiqdi
XX Osiyo o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha bellashuvlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanmoqda.
Quvonarlisi, musobaqaning ayollar o‘rtasidagi -67 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Ozoda Sobirjonova final bahsida Eron vakili Sag‘ar Moradiyga qarshi dayanga chiqdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda Ozoda mag‘lub bo‘ldi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Hozircha, O‘zbekiston delegatsiyasi medallari 19 tasi oltin, 23 tasi kumush va 22 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA