O‘zmilliybankda BXM rahbarlarini tayyorlash dasturi boshlandi
«O‘zmilliybank» AJning 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan yangilangan strategiyasi doirasida «Bank xizmatlari markazi rahbarlari va bosh hisobchilari tayyorgarlik kursi» mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar Bankning O‘quv markazida o‘tkazilib, boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish va kuchli kadrlar zaxirasini shakllantirishga qaratildi.
Treningda Toshkent shahridagi BXM birinchi boshqaruvchi va bosh hisobchilarning o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Dastur asosan, rahbarlik va yetakchilik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, jamoani boshqarish, moliyaviy hisob, komplayens va mijozlar bilan samarali hamkorlik kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Mashg‘ulotlar Bankning Xodimlar bilan ishlash departamenti, Kichik va o‘rta biznes departamenti, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy monitoring departamenti, Chakana biznesni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish departamenti, Korporativ mijozlar va investitsiyalar departamenti, shuningdek Komplayens-nazorat bo‘limi vakillari tomonidan olib borildi:
Treningning yuqori darajada tashkil etilganidan ishtirokchilar mamnun bo‘ldi.
Bugungi kunda xodimlar salohiyatini oshirish — ertangi rahbarlarni tarbiyalash demakdir.
Shu kabi o‘quv dasturlari Bankning hududiy filiallari tarmoqlarida ham rejali ravishda o‘tkazilib, yangi avlod yetakchilarini shakllantirish va boshqaruv madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.