Oziq-ovqat banklari tajribasi o‘rganildi
Ma’lumki, oziq-ovqat banklari tizimini yo‘lga qo‘yish, ortiqcha mahsulotlarni samarali taqsimlash jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiyotda muhim sanaladi. Bunda logistika, saqlash va donor tashkilotlar bilan hamkorlik hamda volontyorlik tizimini rivojlantirishning ham ahamiyati yuqori.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi "European Food Banks Federation"da o‘quv-amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekistonda oziq-ovqat banklari tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va “Ijtimoiy himoya reyestri” bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
A.RUSTAMOV, O‘zA