O‘zini o‘zi himoyalash bo‘yicha mamlakat chempionati
Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida jiu- jitsu bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
XIII asrda paydo bo‘lgan yaponcha mazkur sport turi o‘zini o‘zi himoyalash va qurolsiz hujum qilish usullaridan iborat. Dzyudo kurashi ham jiu-jitsudan kelib chiqqani aytiladi.
[gallery-23071]
Musobaqaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari H.To‘xtayev bugungi kunda minglab yoshlar jiu-jitsu bilan muntazam shug‘ullanayotgani yurtimizda mazkur sport turiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat ekanligini ta’kidlandi va sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Barcha yosh toifasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatida 500 nafarga yaqin sportchi bellashmoqda. Tashkilotchilar mazkur chempionat xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi sportchilarni saralab olishda muhim bosqich hisoblanishini ta’kidladi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari