O‘zbekistonlik yosh golfchilar Qozog‘istonda muvaffaqiyatga erishdi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida golf bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkazilgan “Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026” turnirida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Qozog‘iston, Ozarbayjon, Hindiston, Qirg‘iziston, O‘mon, Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekistonning eng yaxshi yosh golfchilari Olmaotadagi musobaqalarda "Stroke Play (Gross)" formatida bahslashdi.
Musobaqaning har bir raundi sportchilardan maksimal diqqat-e’tibor, taktik fikrlash, matonat va eng murakkab o‘yin vaziyatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini talab qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Alibek Inoyatov va Amira Talipova o‘z yo‘nalishlarida 15-16 yoshlilar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 13-14 yoshli golfchilar o‘rtasidagi musobaqada hamyurtimiz Maksim Pak kumush medal egasiga aylandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA