O‘zbekistondagi demografik holat qanday ?
O‘zbekistondagi demografik holat kun sayin uzgarib bormoqda. Bu esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biri. Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra e’lon qilgan yangi hisoboti mamlakat demografiyasidagi muhim o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizning doimiy aholi soni 38 million 382 ming 685 kishiga yetdi.
Gender masalasida erkaklar soni ayollardan biroz ustunlik qilmoqda. Xususan, mamlakatda 19,3 million erkak (50,4%) va 19,1 million ayol (49,6%) istiqomat qilmoqda. Urbanizatsiya jarayoni ham izchil davom etayotganini kuzatish mumkin: bugungi kunda aholining 50,9 foizi (19,5 mln kishi) shaharlarda, 49,1 foizi (18,8 mln kishi) esa qishloq joylarida yashamoqda.
Oilaviy munosabatlar statistikasiga nazar tashlasak, joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra 42,3 mingta yangi oila qurilgani qayd etilgan. Lekin, ajralishlar soni ham kam emas — 12,7 mingta oila ajrim sabab buzilgan.
Tashqi migratsiya masalasida esa chiqish oqimi kirish oqimidan yuqoriligicha qolmoqda. Chorak davomida yurtimizga 721 kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 2 277 kishi o‘z istiqomat joyini xorijga o‘zgartirgan.
Hamroz Bayonov,
O‘zA