O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortgan
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, tarmoqlarda milliy raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yurtimizda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari savdosi 7,6 trillion so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,8 trillion so‘mga yoki 31,9 foizga oshgan.
Shuningdek, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ham o‘tgan yilga nisbatan 6,9 ming donaga oshgan.
Jumladan, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-fevral oylarida turli rusumdagi 64 ming 221 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Avtomobillarning rusumi bo‘yicha eng ko‘p Cobalt – 23 ming 216 dona ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, joriy yilda 12 ming 301 ta Damas, 6 ming 210 ta Tracker, 5 ming 215 ta Onix, 4 ming 39 ta KIA, 3 ming 165 ta BYD, 2 ming 405 ta Haval, 1 ming 290 ta Chery avtomobili hamda 6 ming 380 ta maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
G.Boboyeva,
O‘zA