O‘zbekiston XMT xalqaro standartlariga rioya etilishini ta’minlashda barqaror yutuqlarga erishmoqda
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Piter van Roy bilan uchrashdi.
Muloqot davomida keyingi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy mehnat munosabatlarini takomillashtirish, ijtimoiy muloqot mexanizmlarini mustahkamlash va xalqaro mehnat standartlariga rioya etilishini ta’minlash borasida barqaror yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, mehnat, bandlik va ijtimoiy sheriklik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini muhokama qildi.
2026-2030-yillarga mo‘ljallangan munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi loyihasini muhokama qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Mehnat bozorini rivojlantirish, bandlik sifatini oshirish va aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Mehnat munosabatlari sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.
N.Abduraimova,
O‘zA