O‘zbekiston vaziri Berlinda ovoz berdi
Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan joriy yil 2-3 may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Shu munosabat bilan ishchi guruh Berlinda qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Tashrif doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mamlakatimizning Berlindagi elchixonasida tashkil etilgan maxsus saylov uchastkasiga borib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkalari tuzilgan.
O‘zA