O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilarining telefon orqali muloqoti, vazirga yuborilganga parlament so‘rovi, Bo‘kadagi korrupsiya va shaxmatdagi muvaffaqiyat – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston rahbari Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgani, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga hududlardagi loyihalar yuzasidan parlament so‘rovi yuborilgani hamda Bo‘ka tumanida 139 gektar yer bilan bog‘liq 6 ming dollarlik korrupsiya holatiga chek qo‘yilgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ning kuz-qish mavsumiga ko‘rgan tayyorgarligi sarhisobi, shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyevning FIDE jahon chempionati yo‘llanmasi uchun muvaffaqiyatli odimlari hamda Gretsiyada o‘tgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida sportchilarimiz jami 15 ta medalni qo‘lga kiritgani o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA