Özbekiston va Rossiya media hamkorligi: yangi loyihalar, umumiy maqsad va işonçli axborot makoni
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi davom etyapti.
Anjumanda iştirok etgan Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Kommunikatsiyalar departamenti direktori Şerzod Asadov mamlakat media sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, axborot xavfsizligi va ikki tomonlama hamkorlik istiqboliga töxtaldi.

Uning taʼkidlaşiça, axborot mamlakat taraqqiyotining muhim omiliga aylangan.
– Axborot mamlakat qiyofasini şakllantiradi, xalqlarimiz örtasidagi işonç darajasini belgilaydi va global kun tartibi şakllanişiga taʼsir körsatadi, – dedi Şerzod Asadov. – Aynan şu tuşunçadan kelib çiqib, Özbekiston öz axborot siyosatini şakllantirmoqda. Bugun mamlakatimiz media sohasidagi özgarişlar ham bu jarayon izçil tus olayotganini körsatmoqda.
Qayd etilganidek, sönggi yillarda mamlakatda media sohasining huquqiy asosi takomillaştirilib, tarmoqni qöllab-quvvatlaş mexanizmi kuçaytirildi. Natijada nodavlat sektorning ahamiyati ortmoqda. Bugun ommaviy axborot vositalari mablağining 67 foizi xususiy kapital hissasiga töğri keladi, OAV umumiy soni esa qariyb 3 000 ga yetgan.
Şerzod Asadov raqamli makondagi özgarişlarga ham eʼtibor qaratdi. Maʼlum qilinişiça, internet mamlakat aholisi orasiga kirib borişi darajasi 94 foiz. Bu fuqarolik jurnalistikasi va blogosfera rivoji uçun keng imkoniyat yaratgan.
Şuningdek, departament rahbari kitobxonlik madaniyatini qöllab-quvvatlaş yölidagi işlar natijasidan kelib çiqib, joriy yil qariyb 15 000 nomda kitob naşr etilgani, umumiy adad 60 milliondan oşganini taʼkidladi.
Media sohasidagi yana bir muhim yönaliş – axborot işonçliligini taʼminlaş. Yolğon, xabar, noxolis axborot uçun davlat çegarasi tösiq böla olmaydi. Yaʼni, feyk yoki dezinformatsiyaga qarşi alohida mamlakat doirasida kuraş olib boriş yetarli emas.
– Tarqatilayotgan axborotning işonçliligi uçun media masʼuliyati juda muhim, – dedi Ş.Asadov. – Dezinformatsiya va axborot xuruji mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz örtasida tuşunmovçilik yoki ajralişga sabab bölmasligi kerak. Aksinça, professional media hamjamiyatlar özaro işonç, hurmat va yaxşi qöşnilik muhitini mustahkamlaşi lozim. Söz kelişmovçilikka emas, özaro anglaşuvga xizmat qilişi şart.
Şu nuqtai nazardan Özbekiston va Rossiya media hamkorligining tört ustuvor yönalişi ilgari surildi: Professional tajriba almaşiş va kadrlar tayyorlaş, Dezinformatsiyaga qarşi hamkorlikda kuraşiş, Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiya böyiça şeriklikni rivojlantiriş hamda Tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar örtasida bevosita aloqalarni mustahkamlaş.
Xususan, ikki mamlakat jurnalistlari uçun muntazam stajirovka, qöşma jurnalistika maktablari va taʼlim platformalari taşkil etiş taklifi berildi. Dezinformatsiyaga qarşi kuraşda esa axborotni tekşirişga oid umumiy standart işlab çiqiş va tezkor maʼlumot almaşiş muhimligi qayd etildi.
– Xullas mamlakatlarimiz resurslari va ekspert salohiyatini birlaştiriş, axborotni tekşiriş böyiça umumiy yondaşuv şakllantiriş zarur, – dedi Şerzod Asadov.
Media kelajagi SI, raqamli platformalar va yirik maʼlumot zaxirasi bilan çambarças boğliqligini taʼkidlagan notiq, ayni yönalişda ham qöşma texnologik işlanmalar amalga oşirişga çaqirdi.
Uning fikriça, barça kelişuvlar samarasi, avvalo, insonlar örtasidagi bevosita aloqalarga boğliq. Şu bois, ikki mamlakat tahririyatlari, jurnalistlari va blogerlari örtasida muntazam uçraşuvlar taşkil etiş, muloqotni amaliy hamkorlikka aylantiriş muhim.
Şu tariqa III Özbekiston – Rossiya media forumi nafaqat tajriba almaşiş, balki yangi qöşma taşabbuslar belgilaş uçun ham muhim maydon sifatida namoyon bölyapti. Anjumanda bildirilgan takliflar ikki mamlakat media taşkilotlari şerikligini mazmunan boyitiş, işonçli axborot makonini mustahkamlaş va ikki xalq örtasidagi döstona aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan.
ÖzA muxbiri Musulmon Ziyo tayyorladi.