O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi
Ostonaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev huzurida Investitsiya va savdo sohalarila erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yo‘l xaritasi”da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.



Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan.