O‘zbekiston va Ozarbayjon kino sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Lochin xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida kino sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Festival direktori, "Hocazfilm" ijodiy studiyasi rahbari Omil Amal va o‘zbekistonlik prodyuser Eldor Yo‘ldoshev tomonidan imzolangan mazkur hujjat "Hocazfilm" kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kartinalar O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilishini nazarda tutadi.
Ushbu voqea o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, film almashinuvi jarayonini chuqurlashtirish, umuman ikki mamlakat kino sanoati vakillari ijodiy aloqalari ko‘lamini kengaytirish nuqtai nazaridan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Abdug‘afur Mamatov,
O‘zA