Özbekiston va Ömon örtasidagi köp asrlik ilmiy va madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda
Ömon Sultonligi poytaxti Masqat şahrida "Özbekiston – Ömon: madaniy aloqalar. Movarounnahr – asrlar oşa taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi" mavzusida xalqaro simpozium bölib ötdi.
Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasi merosini xalqaro maydonda keng tarğib etiş taşabbusi doirasida ötkazilmoqda.
Unda Özbekistonning tarixiy, ilmiy, maʼnaviy va badiiy merosi bilan taniştiruvçi 150 dan ortiq kitob naşrlari, miniatyuralar, haykaltaroşlik namunalari va boşqa eksponatlar namoyiş etildi. Markazning noşirlik loyihalari hamda Movarounnahr merosini örganiş va ommalaştiriş borasidagi faoliyati mehmonlarda alohida qiziqiş uyğotdi.

Tadbirda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Özbekiston Respublikasining Ömon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elçisi Abdusalom Xatamov hamda Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi boş kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy qutlov sözlari bilan iştirok etdilar. Dastur doirasida qatnaşçilarga Markazning ilmiy-maʼrifiy faoliyati va loyihalari haqida videotaqdimot namoyiş qilindi.
Ilmiy sessiyada ömonlik va özbekistonlik olimlar ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasi hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Özbekiston va Ömon qölyozma merosini saqlaş, raqamlaştiriş hamda ilmiy muomalaga kiritiş istiqbollari haqida söz yuritdi.
Simpoziumning muhim amaliy natijalaridan biri Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi hamda “Bayt az-Zubayr” muzeyi bilan hamkorlik memorandumlarining imzolanişi böldi. Uşbu kelişuvlar ikki mamlakat muassasalari örtasida qöşma ilmiy va madaniy loyihalarni amalga oşiriş, körgazmalar taşkil etiş hamda kasbiy tajriba almaşiş uçun asos yaratadi.

Tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti rektori Uyğun Ğafurov Özbekistonda islom taʼlimi tarixi va uning zamonaviy tajribasini yoritib berdi.
Simpozium doirasida kitoblar va esdalik naşrlari almaşinuvi ham bölib ötdi. Ömon Sultonligi vaqflar va diniy işlar vaziri doktor Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariyga Katta Langar Qurʼoni nusxasining faksimile naşri topşirildi. Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi boş kotibi Habib bin Muhammad Riyomiyga “Uçinçi Renessans poydevori” kitobi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan naşr etilgan 120 ta kitob uçun sertifikat hamda Markazning esdalik sovğalari taqdim etildi.
Markaz naşrlari, şuningdek, Sulton Qobus majmuasi kutubxonasi hamda Ömon Milliy hujjatlar va arxivlar markaziga topşirildi. Milliy hujjatlar va arxivlar markazi hamda “Bayt az-Zubayr” muzeyi vakillariga ham kitob naşrlari topşirilganini tasdiqlovçi sertifikatlar taqdim qilindi.
Masqat şahrida ötkazilgan simpozium Özbekiston va Ömon örtasidagi köp asrlik madaniy muloqotning davomi böldi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA