O‘zbekiston va Moldova: parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
“O‘zbekiston – Moldova” va “Moldova – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va mavjud aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Xususan, hamkorlik bo‘yicha guruhlar faoliyatini kuchaytirish, parlament qo‘mitalari o‘rtasida muloqotni rivojlantirish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida o‘zaro tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, agrar sohada ilg‘or tajriba almashish muhim ekani ta’kidlandi.
Bundan tashqari, yoshlar siyosati, ta’lim, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash, madaniyat va san’at, sport hamda turizm sohalarida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
N.Abduraimova, O‘zA