O‘zbekiston va Germaniya: o‘zaro ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan munosabatlar rivojlanmoqda
Oliy Majlis Senatiga Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashuvda o‘zaro ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston – Germaniya munosabatlari yuksak darajada ekani qayd etildi. Ikki tomonlama hamkorlikka barqaror sur’at baxsh etayotgan oliy darajadagi faol siyosiy muloqot muhimligi ta’kidlandi.

Parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, shu jumladan, tegishli qo‘mitalar, hamkorlik guruhlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va o‘zaro tashriflarni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
N.Abduraimova,
O‘zA