O‘zbekiston va BAA: parlamentlararo hamkorlik rivojlanmoqda
Senatda onlayn shaklda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birlashgan Arab Amirliklari parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh a’zolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyot, investitsiyalar, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli izchil rivojlanib bormoqda. Bu esa, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda yangi yo‘nalishlardagi sheriklikni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Parlamentlararo guruhning keyingi faoliyati va amaliy hamkorlik rejalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova,
O‘zA