O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi uchrashuvlar uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-sentabr kuni navbatdagi yig‘inni boshlaydi. Yig‘in doirasida jamoamiz 24-sentabr kuni Eron, 1-oktabr kuni Suriya hamda 6-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro mazkur bahslarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi:
Darvozabonlar:
Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Vladimir Nazarov («Paxtakor»), Edem Nemanov («Dinamo» Samarqand), Samandar Muratbayev («Nasaf»).
Himoyachilar:
Abduqodir Husanov («Manchester Siti», Angliya), Nurmuhammad Abdug‘aniyev («Neftchi»), Muhammadrasul Abdumajidov («Paxtakor»), Mahmudjon Mahamadjonov («Dinamo» Maxachkala, Rossiya), Muhammad Hakimov («Bunyodkor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Sherzod Nasrullayev («Paxtakor»), Behruzjon Karimov («Lugano», Shveysariya), G‘iyosjon Rizaqulov («Qizilqum»), Jahongir O‘rozov («Rubin» Qozon, Rossiya).
Yarim himoyachilar:
Umarali Rahmonaliyev («Sabah», Ozarbayjon), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»), Akmal Mozgovoy («Paxtakor»), Azizjon G‘aniyev («Baniyas», BAA), Odiljon Hamrobekov («Traktor», Eron), Abbos Fayzullayev («Bashakshehir», Turkiya), Jasur Jaloliddinov («So‘g‘diyona»), Ruslan Jiyanov («Navbahor»), Sardor Bahromov («Nasaf»), Sherzod Esanov («Buxoro»), Aziz Xolmurodov («Olmaliq»), Azizbek To‘lqinbekov («Bunyodkor»), Behruz O‘ktamov («Surxon»), Diyor Xolmatov («Navbahor»).
Hujumchilar:
Eldor Shomurodov («Bashakshehir», Turkiya), Azizbek Amonov («Dinamo»), Husayn Norchayev («Navbahor»), Muhammadali O‘rinboyev («Antverpen», Belgiya).
Qayd etish joiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining besh nafar futbolchisi ham mazkur yig‘in tarkibiga kiritilgan. Ayni paytda ular Yaponiyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA