Özbekiston taşabbuslari Turkiy dunyoni yangi taraqqiyot bosqiçiga boşlamoqda
Turkiya poytaxti Anqarada «Turkiy asr: tilda, fikrda va işda birlik» şiori ostida ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti taşkilot uçun ramziy ahamiyat bilan birga amaliy mazmun kasb etdi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan taşabbuslar hamkorlik kun tartibini siyosiy bayonotlar doirasidan iqtisodiy, huquqiy, transport, taʼlim va madaniy loyihalar maydoniga olib çiqişni közda tutdi. Sammit arafasida «Beştepa» boğida turkiy davlatlarning milliy-madaniy majmuasining oçilişi ham şu yönalişdagi muhim ramziy qadam böldi. Umumiy merosni asraş va uni keng jamoatçilikka taqdim etiş madaniy yaqinlikni qoğozlar va hujjatlardan köra kundalik hayotga köçirişga xizmat qiladi.
Tan oliş kerakki, bugun xalqaro munosabatlar tizimi tubdan özgarib, geosiyosiy raqobat keskinlaşmoqda. Turkiy dunyo atrofidagi qurolli mojarolar nafaqat xavfsizlikka, balki savdo, transport va taraqqiyot istiqbollariga ham taʼsir körsatayotgani ayni haqiqat. Şunday şaroitda boy tabiiy resurslarga ega bölgan mintaqa davlatlari örtasidagi hamjihatlik faqat madaniy yaqinlik masalasi emas. U iqtisodiy va logistik barqarorlik şartlaridan biriga aylanib bormoqda.
Özbekiston TDTni özaro işonç va amaliy şeriklik maydoni sifatida körişi strategik yondaşuvdir. Şu bilan birga, taşkilotning nufuzi uning taşqi şeriklar bilan oçiq va özaro manfaatli munosabatlar qura olişiga boğliq. Ayni nuqtai nazardan keyingi paytlarda taşkilotni şerik va hamkorlar bilan boyitiş masalasi bot-bot kötarilayotgandi. Davlatimiz rahbarining «Turkiy davlatlar taşkiloti plyus» formatini sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş taklifi aynan şu mantiqqa asoslanadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Anqara sammitida ilgari surgan «Turkiy davlatlar taşkiloti plyus» (TDT+) formatini taʼsis etiş va uni aynan sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş taklifi taşkilotning xalqaro maydondagi örnini belgilaşda muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. TDT turkiy tilli va qardoş xalqlarning birligiga asoslangan. Ammo bugungi globallaşuv davrida har qanday taşkilot faqat içki milliy-madaniy aloqalar bilangina çeklanib qolsa, uning taʼsir doirasi va iqtisodiy samarasi torayib boradi. «TDT+» formati taşkilotni mintaqaviy çegaralardan olib çiqib, taşqi dunyo bilan erkin va hamkorlik qiluvçi oçiq xalqaro platformaga aylantiradi (ASEAN+, BRIKS+ yoki G7 kabi).
Şu örinda savol tuğiladi. Nega aynan oliy darajadagi sammitlardan emas, sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş kerak? Davlat rahbarlari darajasidagi «Plyus» sammitlari köpinça siyosiy deklaratsiyalar va geosiyosiy muhokamalar bilan çeklanib qolişi mumkin. Sohaviy vazirlar, masalan, transport, energetika, savdo, raqamli texnologiyalar, qişloq xöjaligi) darajasida boşlaş esa bir qator ustunliklarga ega. Sohaviy vazirlar aniq masalalarni, olaylik, tariflar, bojxona tartiblari, logistika koridorlari, investitsiya bitimlari va qöşma korxonalarni muhokama qiladi. Bu formatni boşidanoq aniq loyihalar kun tartibiga boğlaydi. Dunyoda geosiyosiy raqobat keskinlaşgan paytda uçinçi yirik davlatlarni oliy darajadagi sammitlarga taklif qiliş boşqa global kuçlar tomonidan turliça talqin qilinişi mumkin. Sohaviy muloqot esa siyosiy tortişuvlardan xoli bölib, sof iqtisodiy va texnologik manfaatlarga xizmat qiladi. Har bir soha böyiça alohida manfaatdor şeriklarni jalb qiliş mumkin. Masalan, IT va texnologiya böyiça Janubiy Koreya yoki Yaponiya bilan, investitsiya va energetika böyiça Körfaz davlatlari bilan, logistika va savdo böyiça esa Yevropa Ittifoqi yoki Xitoy bilan alohida sohaviy muloqotlar olib boriş imkoni paydo böladi.
Özbekiston taşqi siyosatining asosiy tamoyili — muvozanatli, köp vektorli va pragmatik hamkorlikdir. Toşkent bir tomonlama boğliqlik yoki yopiq alyanslarga kirişni emas, balki barça markazlar – Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, Rossiya, Xitoy, AQŞ, Yevropa, Arab dunyosi bilan teng huquqli aloqalarni maʼqul köradi. TDT içida «Plyus» formatini ilgari suriş orqali Özbekiston taşkilotni uçinçi kuçlar bilan ziddiyat maydoni emas, balki global muloqot köprigi sifatida rivojlantiriş pozitsiyasini namoyiş etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Turkiy dunyo — 100» dasturi (100 ta strategik qöşma sarmoyaviy va sanoat loyihasini qamrab oluvçi dastur) taşkilot doirasidagi iqtisodiy şeriklikni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga olib çiquvçi taşabbusdir. Gap şundaki, köp tomonlama taşkilotlarda eng katta muammo — sammitlarda imzolanadigan umumiy bayonotlar va memorandumlarning hayotga töliq köçmasligidir.
Turkiy davlatlar ulkan tabiiy boyliklarga – neft, gaz, rangli va nodir metallar, paxta, qişloq xöjaligi xomaşyosiga ega. Ammo bu boyliklarni şunçaki xomaşyo sifatida uçinçi davlatlarga eksport qiliş katta iqtisodiy samara bermaydi. Dastur bir davlatning xomaşyosi, ikkinçisining texnologiyasi, uçinçisining logistik imkoniyatini birlaştirib, töliq işlab çiqariş zanjirini yaratişga xizmat qiladi. Prezident taʼkidlaganidek, asosiy urğu nodir va strategik minerallarni çuqur qayta işlaş, «yaşil» energetika uskunalarini mahalliylaştiriş (quyoş panellari, invertorlar, şamol turbinalari) va yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqarişga qaratiladi. Bu mintaqani global texnologik poygada raqobatbardoş qiladi. Şu paytgaça TDT doirasida taʼsis etilgan moliyaviy tuzilmalar, xususan, Turkiy investitsiya jamğarmasi (ustav kapitali 600 million dollar bölgan) uçun aniq va yirik miqyosdagi investitsiya portfeli talab etilar edi. «Turkiy dunyo — 100» dasturi uşbu jamğarma uçun tayyor amaliy iş rejasi bölib xizmat qiladi. Bundan taşqari, 100 ta yirik loyihaning tizimli paketi mavjud bölsa, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boşqa xalqaro moliya institutlaridan yirik miqdordagi sindikatlangan kreditlar va investitsiyalarni jalb qiliş ança osonlaşadi.
TDTga aʼzo davlatlarning umumiy aholisi 170 milliondan ortiq, jami YAIM esa 2,5 trillion dollardan oşadi. Biroq bu davlatlar köplab sanoat va isteʼmol tovarlarini uçinçi davlatlardan (Yevropa, Xitoy, Şarqiy Osiyo) import qiladi. Qöşma korxonalar taşkil etilişi orqali turkiy davlatlar özaro bozorlarda bir-birining mahsulotini sotib oliş imkoniga ega böladi. Bu içki bozorni mustahkamlaydi, valyuta çiqib ketişini kamaytiradi va taşqi iqtisodiy şoklarga (sanksiyalar, narxlar sakraşi, taʼminot inqirozlari) nisbatan barqarorlikni taʼminlaydi.
100 ta yirik sanoat va infratuzilma loyihasi yuz minglab yangi iş örinlarini yaratişni anglatadi. Bu şunçaki oddiy mehnat örinlari emas, balki yuqori texnologiyali, muhandislik va texnologik boşqaruv bilan boğliq sifatli iş örinlari böladi. Mazkur jarayon yoşlarning zamonaviy bilim va malakalarni egallaşiga turtki berib, mintaqadagi kasbiy va oliy taʼlim tizimini bevosita sanoat bilan boğlaydi. Özbekiston uçun mazkur taşabbus, birinçi navbatda, eksportni diversifikatsiya qilişga imkon beradi. Özbekiston öz sanoat mahsulotlari bilan Qozoğiston, Ozarbayjon, Turkiya kabi yirik bozorlarga kirib borişi uçun qulay şaroit yaratiladi. Investitsiya va texnologiya jalb qilişga kömaklaşadi. Turkiya va Ozarbayjonning sanoat, kimyo, toğ-kon va energetikadagi texnologiya hamda moliyaviy imkoniyatlari mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladi. Mahalliy tadbirkorlar xorijiy şeriklar bilan qöşma korxonalar tuzib, transmilliy loyihalarda iştirok eta oladi.
«Turkiy dunyo — 100» dasturi — bu TDTning iqtisodiy «temir-beton poydevori», desak töğriroq böladi. Agar mazkur dastur puxta texnik-iqtisodiy asoslar, şaffof qoidalar, aniq muddatlar va moliyalaştiriş manbalari bilan mustahkamlansa, u Turkiy davlatlar taşkilotini faqat madaniy-tarixiy birlaşmadan qudratli, özini özi taʼminlay oladigan va jahon iqtisodiyotida öz örniga ega bölgan yirik sanoat hamda işlab çiqariş markaziga aylantiradi.
Iqtisodiy aloqalar jadallaşgan sayin biznes manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlariga ehtiyoj ortadi. «Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida»gi köp tomonlama şartnoma işlab çiqiş taklifi ana şu ehtiyojga javob beradi. Sud qarorlarini özaro tan oliş va ijro etiş uçun mustahkam huquqiy asos — investorlar uçun eng muhim kafolatlardan biridir. Şu bilan birga, huquqiy yordam sörovlari va hujjatlarni elektron almaştirişga möljallangan raqamli platforma taşkil etiş taklifi huquqiy hamkorlikni kundalik amaliyotga aylantiriş uçun zarur. Biroq bu jarayonda şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş, yurisdiksiya va hujjatlarning yuridik kuçini aniq belgilaş talab etiladi.
2025-yilda taşkilot davlatlariga 100 milliondan ziyod xorijiy sayyoh kelgani turkiy makonning ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Ammo bu harakatning katta qismi içki va mintaqaviy aloqalarga qaratilgan bölişi mumkin. «Turkiy turizm alyansi»ni taşkil etiş taklifi tarixiy şaharlar, tabiat va madaniyatni jahon bozorida birgalikda taqdim etiş uçun mos formatdir. Fuqarolarning özaro safarlari töğrisida köp tomonlama bitim işlab çiqiş taklifi esa odamlar uçun eng sezilarli qadam bölişi mumkin. ID-kartalar asosida safar qiliş, çegaradan ötiş va mehmon davlat hududida böliş tartibini soddalaştiriş biznes, taʼlim va madaniy aloqalarni sezilarli darajada kuçaytiradi.
Texnologik taraqqiyotning poydevori — inson kapitali va zamonaviy bilimga ega yoş avlod. «Yangi Özbekiston stipendiyasi» doirasida 500 nafar xorijlik talaba uçun yaratilgan imkoniyat va Turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta taʼlim granti ajratişga tayyorligi Özbekistonning bu sohadagi amaliy uluşidir. Til masalasida Alişer Navoiyning «Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz» degan hikmatiga tayangan holda «Umumturkiy sözlar luğati»ni yaratiş taşabbusi muhim. U turkiy tillar örtasidagi muştarak leksikani hujjatlaştirib, tarjima, taʼlim va raqamli vositalar uçun asos böla oladi. Şu bilan birga, til sohasidagi har qanday muvofiqlaştiriş davlatlarning milliy til siyosatiga hurmat asosida va ilmiy-amaliy mezonlarga tayanib olib borilişi maqsadga muvofiq.
2027-yilni Taşkilot doirasida «Tabiatni asraş yili» deb eʼlon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlangani ham diqqatga sazovor. Mintaqada suv, iqlim özgarişi va ekologik xavfsizlik masalalari kun sayin dolzarblaşmoqda.
Özbekiston vakili Mirvohid Azimovning Boş kotib lavozimiga qöllab-quvvatlangani mamlakatimizning taşkilotdagi roli kuçayganini körsatadi. Keyingi sammitni Özbekistonda ötkaziş taklifi ham bu masʼuliyatni yanada oşiradi. Anqarada ilgari surilgan taşabbuslarning katta qismini amaliy holatga keltiriş aynan Özbekiston raisligi davriga töğri keladi.
Prezidentimizning Anqara sammitidagi taşabbuslari TDTni madaniy-ramziy maydondan iqtisodiy, huquqiy, transport va texnologik hamkorlik tuzilmasiga aylantirişga qaratilgan. Ular bir-birini töldiradi. Sanoat kooperatsiyasi huquqiy kafolatlarga, logistika tarmoği raqamli muvofiqlikka, turizm esa fuqarolar safarini soddalaştiruvçi bitimga boğliq. Endilikda asosiy vazifa — eʼlon qilingan takliflarni aniq loyihalarga, masʼullarga, moliyalaştiriş manbalariga va muddatlarga aylantiriş. «Turkiy dunyo — 100» dasturi, umumiy logistika tarmoği, huquqiy yordam şartnomasi, turizm alyansi va luğat loyihasi böyiça dastlabki amaliy natijalar körinsa, turkiy davlatlar hamkorligi mintaqa uçun haqiqiy taraqqiyot omiliga aylanadi. Özbekiston bu jarayonda faqat iştirokçigina bölib qolmaydi. Aksinça, taşabbuslarni ilgari suruvçi va ularning ijrosini muvofiqlaştirişga tayyor davlat sifatida namoyon bölmoqda.
Abdurafiq Hoşimov,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti huzuridagi
Diplomatiya akademiyasi kafedra mudiri