O‘zbekiston sport delegatsiyasi “Parij-2024”da
XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya poytaxtiga yetib bordi.
Mamlakatimiz sport delegatsiyasini “Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi tomonidan biriktirilgan volontyorlar, Parijdagi O‘zbekiston sport delegatsiyasi shtabi a’zolari kutib olishdi.
Belgilangan tartib asosida yurtimiz sport jamoalari Fransiya poytaxtidagi “Olimpiya shaharchasi”da hamyurtlarimiz uchun ajratilgan maskanlarga joylashtirildi.

Hamyurtlarimiz avtomobilda Fransiya poytaxtiga yetib borishdi
Kecha kunning ikkinchi yarmida “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida avtomobillarda Fransiya tomon yo‘l olgan muxlislar va blogerlardan iborat guruh Parij shahriga kirib borganliklarini tasdiqlashdi.
Bugun, 24 iyuldan e’tiboran yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk bahslariga start beriladi.
Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalari boshlanmoqda

“Parij-2024” dasturiga muvofiq, ilk kunda guruh bosqichidagi regbi va futbol o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun bo‘ladigan futbol musobaqalarining dastlabki o‘yinida “V” guruhida Argentina-Marokash, Iroq-Ukraina, “S” guruhidagi O‘zbekiston-Ispaniya, Misr-Dominikan Respublikasi, “A” guruhidagi Gveniya-Yangi Zelandiya, “D” guruhidagi Yaponiya-Paragvay, Mali-Isroil kuch sinashadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA