O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Germaniya Federal Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar
Oliy darajadagi O‘zbekiston – Germaniya muzokaralari yakunida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayyer daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar.
Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida ekilgan daraxt O‘zbekiston va Germaniya xalqlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik, ishonch va o‘zaro anglashuv rishtalarining ramziga aylanib, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqich boshlanganining timsoli bo‘ladi.

