O‘zbekiston Prezidentining yana bir tashabbusi BMTda ma’qullandi
2021 yil 18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.