O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Cho‘lponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirg‘iz Respublikasida davlat tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi.









Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.