O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga keldi.
“Hazrat Sulton” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov va boshqa rasmiylar kutib oldilar.


Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Sammitda qatnashuvchi delegatsiyalar rahbarlari Turkiston shahridagi tarixiy yodgorliklar va madaniy ob’ektlar bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.



