O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasining Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.
Davlatimiz rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.




