O‘zbekiston – Pokiston: Qadim rishtalar mustahkamlanmoqda
Mamlakatlar o‘rtasidagi hududiy yaqinlik til, an’ana va urf-odatlarda ham aks etadi. Shu tariqa o‘zaro munosabatda iliqlik, yaqinlik, bir-birini anglash eshiklari ochilaveradi. Shunday mamlakatlar sirasiga kiradigan O‘zbekiston va Pokistonni bog‘lab turuvchi rishtalardan biri adabiy aloqalardir.
Tarixdan ma’lumki, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur, shuningdek Muhammad Iqbol, Mirzo G‘olib kabi ulug‘ mutafakkir shoh va shoirlarning mumtoz merosi asrlar osha ikki xalq orasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda.
Yaqin tarixga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1991-yil 20-dekabrda Pokiston O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan oldi. Diplomatik munosabat esa 1992-yil 10-mayda o‘rnatildi. Shundan beri davlatlarimiz o‘zaro hurmat va mushtarak manfaat asosida faol siyosiy muloqot qilmoqda. Ayniqsa so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz hamkorligi mutlaq yangi bosqichga chiqdi.
Xususan, 2021-yil 15-16-iyul kunlari O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya, hamda an’anaviy yangi yo‘nalishlarni qamrab olgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi. Prezidentimiz 2022-yil 3-4-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Pokistonda bo‘ldi. Ikki davlat rahbari O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida Strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha yangi qadamlar to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzoladi. Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda tomonlar 10 ga yaqin hujjat imzoladi. Bu esa hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalari ko‘lamini kengaytirishga asos bo‘ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham mamlakatlarimiz aloqalarni jadal rivojlantirmoqda.
Ma’lumki, 2022-yil 15-16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida ishtirok etish uchun Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakatimizga keldi. Tashrif doirasida Pokiston rahbarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Davlat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning barcha masalalari, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-tranzit sohalarini ko‘rib chiqdi. Siyosiy uchrashuvlar natijasi o‘laroq, ikki tomon vazirlik va idoralari o‘rtasida konstruktiv munosabat o‘rnatilib, oliy darajada erishilgan strategik ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish imkoni paydo bo‘lgan. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida so‘nggi payt kuzatilayotgan faollik iqtisodiy sheriklikni kengaytirmoqda.
So‘nggi ikki-uch yilda o‘nga yaqin ikki tomonlama biznes-forum, V2V, G2D uchrashuvlari, sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari muntazam o‘tkazilmoqda. 2024-yil iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Pokiston biznes-forumi doirasida “Made in Pakistan” ko‘rgazmasi va transport-logistika forumi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada Pokistonning to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, tibbiyot, maishiy va elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 110 dan ortiq yetakchi kompaniyasi mahsulotlari namoyish etildi.
O‘sha yili noyabr oyida Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya 9-yig‘ilishi doirasida ham biznes-forum, G2B va B2B formatlarida uchrashuvlar uyushtirildi.
O‘tgan yil noyabr oyi oxirida Lahor shahrida o‘tgan to‘qimachilik sanoati, charm va junni qayta ishlash, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, maishiy texnika, oziq-ovqat, qog‘oz sanoati va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 60 dan ortiq tadbirkor ishtirokidagi biznes-forumda O‘zbekistonning “Artel” va “Imzo” kompaniyalari vakillari mahsulotlar va sarmoyaviy takliflar taqdimoti o‘tkazildi. Pokistonlik sheriklar bilan maishiy texnika ishlab chiqarish va uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Joriy yil ham iqtisodiy munosabatni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan qator tadbirlar bilan yodda qoladi. Xususan, fevralda Lahor shahrida “Made in Uzbekistan” milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilinib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati boshchiligidagi 150 dan ortiq tadbirkordan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi hamda Pokistonning 50 dan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Quvonarlisi, uch kun davom etgan ko‘rgazmada 80 mingdan ortiq kishi Ўзбекiстон sanoat mahsulotlari va hamkorlik imkoniyati bilan tanishdi. 500 dan ishbilarmon qatnashgan V2V uchrashuvlarida yangi savdo shartnomalari tuzish, qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Yakunda umumiy qiymati 500 million dollarlik 181 shartnoma imzolandi.
Iqtisodiy hamkorlik rivojiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan yana biri transport yo‘nalishidir. Shu bois O‘zbekiston ham, Pokiston ham transport-logistika sohasidagi aloqalarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratyapti.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar munosabatlar Ўзбекiстон va Pokiston xalqlarining mustahkam tarixiy aloqalari, Buyuk ipak yo‘li umumiy madaniy an’analari, islom sivilizatsiyasi, tarixiy shaxslar Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar sulolasi vakillari merosi asosida рiвожланяптi.
Qadim zaminimizda dunyoga kelgan buyuk saltanat sohibi, zamonaviy Pokiston hududini barpo etgan hazrat Bobur hayotiga bag‘ishlangan badiiy filmni suratga olish bo‘yicha ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan asr so‘nggi 10 yilligidan buyon turli tadbirlar, fan va madaniyat arboblari delegatsiyalari safarlarini muntazam tashkil etuvchi “O‘zbekiston – Pokiston” do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatyapti. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qariyb 75 yildan buyon urdu tili, adabiyoti va Pokiston tarixi бўйiча talabalar saboq olmoqda. Pokistonda ham o‘zbek tili va tarixini o‘rganishga qiziqish keskin oshgan. Shu tariqa ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar mustahkamlanmoqda.
Muloqot jarayonida parlamentlararo hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Parlament diplomatiyasi doirasida ikki mamlakat vakillik organlarida do‘stlik guruhlari tashkil etilgan. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yaxshilashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari faol ilgari surilmoqda. Parlamentlararo hamkorlik uchrashuvlar, o‘zaro tashriflar, xalqaro tadbirlardagi ishtirok orqali mustahkamlanyapti. Qo‘shma tadbirlar, festival, ko‘rgazma va forumlar tashkil etilayotgani quvonarli.
Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi natijasida bordi-keldi ko‘paymoqda. Pokistonda muqaddas qadamjolarimiz, tarixiy obidalarimizga qiziqish juda yuqori. Xususan, 2019-yil mart oyida Islomobodda O‘zbekiston Turizm axborot markazi tashkil etildi. 2020-yil ushbu davlatda Naqshbandiya tariqati yetakchisi shayx Muhammad Hassan Xasib ur-Rahmon ziyorat turizmi bo‘yicha elchimiz etib tayinlandi. Islomoboddagi Lok Virsa amaliy san’at muzeyida 2022-yil madaniyatimiz va tariximizga бағiшланgan doimiy ko‘rgazma ochildi.
Mamlakatlarimizda o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlar – ko‘rgazma, sayyohlik yarmarkasi, anjuman, madaniyat va kino kunlarida o‘zaro delegatsiyalar ishtiroki muntazamlik kasb etgan. Pokistonlik san’at ustalari Ўзбекiстонda o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari”, maqom san’ati va baxshichilik san’ati kabi xalqaro festivallarning doimiy mehmoni.
2024-yil Pokiston delegatsiyasi “Shahrisabz shahri Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turistik poytaxti” deb e’lon qilingani munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbirlarda qatnashdi. 22-24-aprel kunlari Islomobodda bo‘lib o‘tgan xalqaro “Bahor festivali”da milliy pavilonimiz ochildi. Uch kun davom etgan tadbir mehmonlari mamlakatimizning boy tarixiy, madaniy merosi va sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston – Pokiston munosabati siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy va insonprvarlik sohalarini o‘z ichiga olgan. Ayniqsa, mintaqaviy xavfsizlik va transport-логiстiка sohasidagi sheriklik masalalarida strategik manfaatlar mos kelishi aloqalar istiqbolidan dalolat.
Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro tashriflari siyosiy muloqotni yanada rivojlantiradi. Iqtisodiyot, savdo, transport, energetika va xavfsizlik kabi muhim sohalardagi sheriklik ko‘lamini yanada kengaytiradi.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida yo‘l xaritasi, Imtiyozli savdo bitimiga yangi tovarlar ro‘yxatini kiritish to‘g‘risidagi protokollar va O‘zbekistondan Pokistonga yangi olma, anjir, limon va achchiq qalampir eksporti uchun fitosanitariya talablari to‘g‘risidagi protokollar imzolandi.