O‘zbekiston – Indoneziya: ta’limdagi hamkorlik
Buxoro davlat universitetiga Indoneziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar va universitet rektori Obidjon Hamidov uchrashuvida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada yaxshilash, ta’lim tizimida aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mehmonlar Buxoro davlat universitetining faoliyati, talaba va professor-o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘quv dargohining boy tajribasi bilan tanishtirildi. Universitetda tashkil etilgan Indoneziya markazi mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.


Uchrashuvda elchi Sunaryo Kartadinata O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni alohida e’tirof etdi.
Zarif Komilov,
O‘zA