O‘zbekiston hududida bronza davriga oid jarrohlik amaliyoti izlari topildi
Mamlakatimiz boy tarixga ega. Bu asrlar osha yetib kelgan madaniy meroslar va arxeologik topilmalarda ham namoyon bo‘ladi. Izlanishlar natijasida yana bir noyob qazilma aniqlandi.
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi Surxondaryo viloyatidagi Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida taxminan to‘rt ming yillik tarixga ega va trepanatsiya izlari saqlangan bolaning bosh suyagini aniqladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu topilma bronza davriga mansub.
Mazkur topilma Markaziy Osiyoda qadim zamonlarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganining dalili bo‘lib, Osiyo hududida aniqlangan eng qadimgi shunday namunalardan biri hisoblanadi.
Sherbek Islomov,
O‘zA