O‘zbekiston-Hindiston: ta’limda hamkorlik yanada kengayadi
Hindiston madaniy aloqalar kengashi Prezidenti Vinay Saxasrabuddxening O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Buxoro viloyatida ham bo‘ldi.
O‘tgan yili Buxoro davlat universitetining xorijiy tillar fakultetida “Hindiston madaniyat markazi” ochilgan edi. Mehmonlar markazga tashrif buyurib, talabalar tomonidan tashkil qilingan san’at asarlari ko‘rgazmasi va musiqa jamoasi faoliyati bilan tanishdi.
Asosiy muzokaralar “Hind madaniyati xonasi”da bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talaba va professor-o‘qituvchilari almashinuvi, malaka oshirish kurslari, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy markazlar, laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumini imzolash va Hindistonga xorijiy tillar, informatsion texnologiyalar va boshqa yo‘nalishlarda 30 nafar o‘qituvchini malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Unda Hindiston stipendiyalari haqida asosiy ma’lumotlar taqdim etildi.
Mehmonlar Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.
[gallery-1470]
Zarif Komilov,
Tohir Istatov (surat)
O‘zA