O‘zbekiston – Gabon: futbolchilarimiz maydonga tushish arafasida
ONLAYN FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, bugun, 27-mart kuni poytaxtimizda futbol bo‘yicha “FIFA Series – 2026” musobaqasi start olib, 30-martga qadar davom etadi. FIFA kunlari doirasida tashkil etilayotgan mazkur turnirda O‘zbekiston, Venesuela, Gabon hamda Trinidad va Tobago milliy terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Musobaqa doirasidagi ilk uchrashuv “Paxtakor” stadionida Venesuela - Trinidad va Tobago terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda venesuelaliklar 4:1 hisobida zafar quchdi.
[gallery-28400]
Shuningdek, O‘zbekiston va Gabon milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda maydonga tushadi, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ushbu turnir 2026-yilgi jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA