O‘zbekiston chempionati qizg‘in pallada
"Tuyabo‘g‘iz" suv omborida joylashgan Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi kunida kattalar va 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida 5 km masofaga poygalar o‘tkazildi.
“K-1” yo‘nalishida Lochin Esonaliyev va Madina Islomova kattalar o‘rtasida,18 yoshgacha bo‘lgan eshkak eshuvchilar orasida Sarvarbek Aliboyev hamda Malika Sultonova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, “C-1” yo‘nalishida Diyorbek Mamatqulov, Davron Axtamov, Zarina Rustamova hamda Tursunoy Umaraliyeva o‘z yosh toifalarida marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan holda mamlakat chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA